Alisher Navoiy nomidagi O ‘zbekiston milliy bog‘i

O‘zbekiston Milliy bog‘i buyuk shoir Alisher Navoiy sharafiga nomlangan. U 65ga maydonda, metroning “Milliy Bog‘”bekati yaqinida joylashgan va Toshkentning eng yirik bog‘i hisoblanadi. Uning hududida xalq orasida “Komsomol” ko‘li nomi bilan mashhur kichkina ko‘l va 9 ga maydonda kanallar qazilgan.

Uning sharqiy qirg‘og‘ida plyajlar joylashgan. Foal dam olish uchun bir necha quvnoq attraksionlar ko‘zda tutilgan. Yoshlar bog‘da mazza qilib roliklar va velosipedlarda uchishadi. Shinam shiyponlar, katta skameykalar va salqin xiyobonlar bog‘ni oilaviy dam olish uchun qulay joyga aylantiradi. Qorin ochib qolsa, qimmat bo‘lmagan kafelarda ovqatlanib olish mumkin. Yana bolalar temir yo‘li ham mavjud.

Tarixi

Dastlab bu yerda eski g‘isht zavodining koni bo‘lgan, keyin 1932 yilda u yerda bog‘ qurilishiga asos solishdi. Uni Lenin Komsomoli nomli Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i deb atashdi. Bu haqiqiy xalq qurilishi – xashar edi.

Bog ‘ning markazida kichik tepalikka olib boruvchi zinapoyalar qurilgan. Tepalikda esa o‘rta asrlarning buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan. Haykalni yomg‘ir va quyoshdan usti gumbaz bilan berkitilgan va tekis ustunlarda turuvchi rotonda himoya qiladi.

Bog‘ning maydonida daraxtlar ko‘p ekilgan. Yo‘laklarning ikki tarafida oq abajurli chiroqlar o‘rnatilgan. She yerda O ‘zbekiston parlamenti “Oliy Majlis” va afsonaviy “Navro‘z” nikoh saroyi joylashgan. Bir vaqtlar Toshkentning eng yaxshi restorani sanalgan “Navro‘z” va eng mashhur “Istiqlol” konsert zali ham shu yerda. Bog‘ning hududida yana o‘rta asrlarga oid Abulqosim madrasasi (XVI asr) va san’at galereyasi ham joylashgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение