Hyatt Regency Tashkent

Hyatt Regency Tashkent — Bu O‘zbekiston tarixidagi ikkinchi besh yulduzli mehmonhona. U Toshkent markazida Toshkent Xalqaro aeroportdan 10 km (15 daqiqa mashinada) va Shimoliy Vokzaldan 7 km (10 daqiqa) uzoqlikda joylashgan.

Mehmonxonada 300 ta kattagina xonalar bor. Ularning 38 xonasi “Regency Suites” toifasiga mansub, sakkiz xona eksklyuziv lyuks, besh xona diplomatik lyuks va bitta president lyuks xonasidir.

Binoning tomida haqiqiy italyan “Sette” pitsseriyasi joylashgan. Xalqaro, O‘zbek hamda Markaziy Osiya taomlarini taklif qiluvchi “Xiva” kafesi kechasi va kunduzi ishlaydi. Suhbatlar uchun “Chai Lounge” va Bar ko‘zda tutilgan. U yerdan ochiq ayvonga chiqib toza havodan nafas olish mumkin.

Yana Toshkentdagi Hyatt Regency uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Uning hududida 2300 m2 maydonga ega konferens-maydoni bor, bundan tashqari 855 m2 maydonga ega ustunlarsiz qo‘shimcha zal mehmonhonaning ichida joylashgan.

Mehmonxonada shaxsiy parvarish va sport uchun 7 SPA-xonalari, zamonaviy fitnes-markaz va 20 metr uzunlikdagi usti berk suv havzasi ko‘zda tutilgan.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение