“Yapon bog‘i” Toshkentning markazidan o‘rin olgan go‘zal manzarali tabiatning bir bo‘lagi. U metroning Yunusobod yo‘nalishidagi Bodomzor bekati yaqinida joyalashgan.
Bog‘ga asir tushgan yapon askarlari sharafiga nom berilgan. Ular Ikkinchi jahon urushi tamomlanganidan so‘ng ko‘l uchun chuqur qazishgan, hamda Alisher Navoiy nomidagi respublika opera va balet teatri qurilishida ham ishtirok etishgan. Avvalari bu yerda bo‘sh joy bo‘lar edi. Balkim Kun chiqar yurt vakillari shu yerdagi daraxtlarni ekishgan bo‘lsa ajabmas.
Salqin xiyobonlar, toshlar va gullar xotirjamlikka elitadi. Bu yerda hamma narsa osoyishtalik bilan o‘ralgan, havoda rahmdillik va yarativchilik ruhi kezadi. Insonni mukammal osoyishtalik bilan to‘ldiruvchi bog‘ xotirjamlikka erishishga yordam beradi.
Bog‘ning diqqatga sazovor joylari
Bog‘da o‘rdaklar yaxshi o‘rnashib olishgan. Qushlar odamlardan umunan qo‘rqmaydi va o‘zning polaponlari bilan qayiqlar yaqiniga suzib kelishadi. Mehmonlar esa ularni mamnuniyat bilan oziqlanitirib turishadi.
Qirg‘oq bo‘yida joylashgan shinam shiyponlarda o‘tirib suvning jilvalanishini tomosha qilish maroqli. Bog‘ning aylana yo‘laklari bizni tabiat bilan qo ‘shilib ketishga chaqirganday daraxtlar orasiga boshlaydi. Daraxtlar orasida choy marosimlari uyi joylashgan.
Sizni hudolar eshitishi uchun uning kiraverishida yapon milliy do‘mbirasini aylantirish lozim. Binoning ichi gilamlar bilan to‘shalgan, shu sababli kirishdan avval albatta oyoq kiymingizni yechishingiz kerak. Bu yerda choy marosimlari an’analari haqida ma’lumot olishingiz hamda yapon milliy kiyimlarini ko‘rishingiz mumkin.Ochiq ayvondan kichkina oqar hovuzni tomosha qilish huzurli. Hovuzda tilla va karp baliqlari suzib yuradi.
Yana bir etiborga molik joy bu kichik jilg‘a ustiga qurilgan yog‘och ko‘prikdir. Bularning barchasi poytaxtning sershovqin behalovatligidan uzoqlashib tinchlik va osoyishtalikdan bahramand bo‘lish imkonini beradi.