O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Markaziy Osiyoning va Toshkentning eng qadimiy muzeyidir. U Buyuk Turon (avvalgi Sharof Rashidov ko‘chasi) ko‘chasida joylashgan.
Muzey kvadrat shaklidagi tashqi ko‘rinishi oq bo‘lgan binodan o‘rin olgan. Inshootning o‘zini XX asrda qurishgan bo‘lsada, uning tarixi 1876 yildan boshlanadi. Aynan shu yili rus olimlari Turkiston xalq muzeyini ochishadi.
Muzey tezda o‘z ko‘rgazmalarini to‘ldiradi va Yevropadagi xalqaro ko‘rgazmalargo yo‘l oladi. Uning harakatlari natijasida Samraqandda (1896 yil) va Farg‘onada (1899 yil) ham muzeylar paydo bo‘ladi.
Uning Nomi tez tez o‘zgarar edi. 1919 yilda u Turkiston davlat muzeyiga aylandi, keyinchalik esa nomi Markaziy Osiyo Bosh muzeyiga o‘zgardi.
Ko‘rgazmalar va boyliklar
Uning devorlari ortida 250 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. Ular ibtidoiy jamoa tuzumi davridan to zamonaviy O ‘zbekiston davrigacha mahalliy xalqlar va urug‘larning rivojlanishi haqida ma’lumot beradilar.
Muzey noyob boyliklar va yodgorliklarga ega. Misol uchun miloddan avvalgi IV-V asrlarda yasalgan saklarning bronza qozoni. Uni hayvonlar haykalchalari bezab turadi. Surxondaryoda arxeologlar tomonidan topilgan Budda haykalchasi esa I asrga tegishli. Qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallardan tayyorlangan ko‘za va guldonlar nozik naqshlar bilan bezatilgan.
Bu yerda qadimgi kulolchilik buyumlari va matolarni ko‘rish mumkin. Tarixchilar va numizmatlarning fikricha qadimiy tangalar, tarixiy qo‘lyozmalar va hujjatlar, san’at asarlari haqiqatdan ham noyobdir.
Eksponatlar Temuriylar davrida davlatning rivojlanishi va ilmiy yutuqlarini ham namoyish etib beradi. Ular she’riyatning rivojlanishi, hamda sharqona me’morchilikda va hunarmanchilikda o‘ziga xos, noyob usulning yuzaga kelishi haqida so‘zlab beradi.