Iso payg'ambarning Muqaddas yuragi Bosh cherkovi kafedral katolik cherkovi bo‘libgina qolmay, poytaxtning eng chiroyli inshootlaridan biridir ham.U yana O‘zbekistonda apostol ma’muriyati, yani Vatikan elchixonasi sifatida ham xizmat qiladi.
Aholi orasida polyak kostyoli (polyak cherkovi) nomi bilan mashhur bino eski ToshMI yaqinida joylashgan. Ammo kostyol so‘zini bu yerda ishlatish to‘g‘ri kelmaydi. So‘zning ildizida suyaklar (kosti) so‘zi yotadi. Kostyollarni odatda qabristonda, tegishli diniy marosimlarni o‘tkazish uchun barpo etishgan.
Tarixi
Toshkentda katolik cherkovining qurilishi 1912 yilda boshlangan. Bu ruhoniy Iustin Bonaventura Pranaytisning tashabbusi edi. Uning me’mori esa kelib chiqishi polyak bo‘lgan mashhur Lyudvik Panchakeyvich bo‘lgan. Ularning o‘limidan so‘ng qurilish ishlari bilan ruhoniy Boleslav Rutenis shug‘illanadi.
Avval qurilishda Toshkentda xizmat qilgan katolik soldatlar ishlaydi. Keyin ular qatoriga harbiy asirlar ham qo‘shiladi. Ular orasida tajribali muhandislar, ist’edodli haykaltaroshlar va ustalar bor edi.
Oktabr inqilobidan so‘ng cherkov qurilishi to‘xtatib qo‘yiladi. Uning vazifasi ko‘p bora o‘zgartiriladi. Qurib bitirilmagan binoni yotoqxona va ombor sifatida ishlatadilar. Yana bu yerda turli idoralar va korxonalar joylashtiriladi. Bu vaqt ichida bino varona bo‘la boshlaydi, ichki bezaklarni esa esdalik uchun olib keta boshlashdi.
1922 yili O‘zSSR madaniyat vazirligi binoni Toshkentning katolik jamoasiga beradi, shundan so‘ng uni butunlay qayta qurish ishlari boshlanadi. Uni qayta qurishga ruhoniy Kshishtof Kukulka ko‘p kuch sarflagan. 2000 yilda Iso payg'ambarning Muqaddas yuragi ulug‘vor Bosh cherkovi muqaddaslashtirildi.
U O‘zbekistoning me’moriy-tarixiy yodgorligidir. O‘zning shahar uchun noodatiy gotika uslubidagi ko ‘rinishi tufayli to‘y rasmlarini olish uchun sevimli joylardandir.