Uspenskiy bosh cherkovi

Bibi Maryam me’roji kafedral bosh cherkovi Rus provaslav cherkoviga tegishli va Shimoliy Vokzal yaqinida joylashgan.

Toshkentda 1871 yilda gospital qabristonida Panteleimonvskiy cherkovi binosi quriladi. Biroq olti yildan so‘ng uning o‘rnida katta ibodatxona barpo eta boshlashdi. Uning qurilishida aholi sahiylik bilan pul ajratadilar. Turkiston general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman ham chetda qolmadi va o‘sha davr uchun katta mablag‘ bo‘lgan 3000 rubl beradi. Ammo eng katta ehsonni birinchi darajali savdogarlardan biri Dmitriy Zaho qilgan. Keyinchalik u cherkov oqsoqoli bo‘ladi.

1879 yilga kelib cherkovni davolovchi va shahid Panteleimon sharafiga muqaddaslashtirishadi. Biroq hokimiyat sovetlar qo‘liga o‘tganidan keyin binoda sanitariya ombori joylashtiriladi. Ikkinchi Jahon urushi yakunlanganidan so‘ng binoni pravoslav nasroniylarga qaytarishdi.

Bu safar cherkovga Toshkent yeparhiyasi kafedral cherkovi maqomi berildi va uni Bibi Mariyam me’roji sharafiga muqaddaslashtirdilar. Bu nasroniylarning eng asosiy bayramlaridan biridir. Injilda aytilishicha Bibi Mariyam vafot etganidan so‘ng Hudo uning tanasi va ruhini osmonga olgan ekan. XX asrning o‘rtalarida binoni qayta qurishdi, shu sababli uning maydoni sezilarli kengaydi.

Qayta Qurilishi

XX asr oxirida gumbazlar bilan birgalikda qo‘ng‘iroqxona ham qayta qurildi. Uning atrofidagi maydon obodonlashtirildi va kengaytirildi. Chekovning ichki bezagi ancha boyitildi.

1996 yilning 10 noyabrida Cherkovda xizmatini Moskva va Butun Rus Patriarxi Aleksiy Ikkinchi olib bordi. 2014 yilda uning hududida yana bir Luki ibodatxonasi qurish rejalashtirildi. U vafot etganlarning janozasini o‘qish uchun mo‘ljalalngan edi.

Cherkovda hayot qaynamoqda. Pravoslav cherkovi turli hil yarmarkalar o ‘tkazadi. Bu yerga muntazam ravishda mo‘jizakor ikonalar va hoklar olib kelinadi. Pasxa kechasida esa maxsus avia reys bilan Quddusdan hayotbaxsh olov olib kelinadi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение