Bahouddin Naqshband maqbarasi

Bahauddin Naqshband diniy majmuasi Buxoro chekkasida joylashgan. Bir vaqtlar u Naqshbandiya darvishlar jamoasi markazi bo‘lgan.

Unga 1389 yilda vafot etgan Shayx Bahouddin Naqshband boshchilik qilardi. U Qasri Orifon qishlog‘i (hozirda Kogon tumani) yaqinida dafn etilgan. Naqshband xotirasiga madrasa, ikkita masjid va minoradan iborat majmuabunyod etilgan.

Dindorlar buyuk so‘fiydan tilaklari ro‘yobga chiqishini va gunohlardan qaytarshni so‘rashadi. Muqaddas joydan Allohga iltijolar yaxshiroq yetib boradi deb hisoblanadi. Majmuaning diqqatga sazovor yodgorliklaridan biri bu daraxtdir. Rivoyatga ko‘ra daraxt avliyo so‘fiyning yerga sanchigan hassasidan o‘sib chiqqan ekan.

Me’morchilik

XVI asrda qabristonni marosimlar binolari bilan mujassamlashtirishxos edi. Abdulazizxon I buyrug‘i bilan 1544 yilda olamdan o‘tgan Shayx uchun yer ustida sag‘ana — marmar tosh devorli dahma qurilgan. So‘fiylar maskani yaqinida esa sayyor darvishlar dam olishi uchunxonaqa barpo etildi.

XVIII asrda hukmdor Abulfayzxonning onasi o‘z mablag‘iga masjid va ikkita ayvon qurdirdi. Shu paytning o‘zida muazzin musulmonlarni namozga chaqirishi uchun minora qurildi. Bir asrdan so‘ng Nasrulloxon vaziri Hakim Qushbegi yana bitta masjid qurdiradi. Lekin sovet hukumatining kelishdan so‘ng ansambl binolari huvillab qoldi.

XX asr oxirida endi mustaqil O‘zbekiston Bahouddin Naqshbandning 675 yilligini nishonladi. Bu sana sharafiga ansambl butunlay qayta tiklandi va obodonlashtirildi.

Natijada baland gumbazli darvoza oldi bino — darvozaxona paydo bo‘ldi. Ustalar esa ayvonlarning boy bezaklarini qayta tikladilar. Katta bog‘daendi umum kompozitsiya yaratildi: Hazrat Bahouddin va ularning onalarining maqbaralari.

Bundan tashqari Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang‘itlar avlodlarining oxirgi manziliga aylangan Dahmai Shoxon qabristoni tiklandi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение