Poi Kalon me’morchilik ansambli bir paytlar asosiy shahar maydoni bo‘lgan Registonda, MinoraiKalon etagida joylashgan. Shuning uchun ham u “Buyukning etagi” deb nomlanadi.
Poi Kalon XII—XVI asrlarga oid uch inshoot Minorai Kalon, Buxoroning bosh masjidi Kalon va Miri Arab madrasasidan iborat.
Mo‘g‘ullar istilolasi paytida barcha binolarni yer bilan yakson qilar edilar. Lekin Chingizxon maydonga qadam qo‘yib Minorai Kalonning chirog‘iga qaraydi, shu payt uning boshidagi dubulg‘asi qulaydi. U dubulg‘ani olish uchun egildi va shunday dedi: “Men hech qachon hech kimga egilmagan edim, ammo ushbu bino shunday buyukki u egilishga loyiq” va Katta Minorani buzmay qoldirdi.
Tarixi va me’morchiligi
Minorai Kalon XII asrning boshlarida qurilgan. Shundan beri u biror marotaba ta’mirlanmagan. Diniy maqsadlardan tashqari u jazo quroli sifatida ham xizmat ko‘rsatgan. Undan Amirga noma’qul odamlar beshafqat tashlab yuborilganlar. Savdo karvonlari Buxoroga kelishda unga qarab yo‘nalishni olishgan. O‘sha paytda minora eng baland bino bo‘lgan — 46,5 metr. Me’morlar minorani tepasi kichrayib borgan konus ko‘rinishida qurganlar. Uning devorlarini esa bo‘rtib chiqqan g‘ishtlar bilan bezashgan.
Buxoroning bosh masjidi shahar Qal’asi yonida VIII asrda qurildi. Zamonaviy Kalon masjidini esa XV asrda biroz uzoqroqda bunyod etishdi. Binoning old tomonidagi yozuvlarga ko‘ra pardozlash ishlari 1514 yilga kelibgina yakunlangan. U Samarqandda joylashgan Bibi Xonim masjididan so‘ng Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng yirik masjiddir. Uning hovlisida 12 ming kishi bir vaqtda ibodat qila oladilar.Unda Temuriylar davri me’morchiligi an’analari ko‘rinib turadi.Masjid devorlariga boy sharqona koshinlar bilan ishlov berilgan.
“Arab Amiri” ma’nosini beruvchi Miri Arab madrasasi 1536 yilda barpo etiladi. Ubaydullaxon uni Shayx Abdulla Yamaniyga bag‘ishlagan. Buning uchun u uch ming fors asirini sotib yubordi. 111 hujradan tashqari inshoot yana ikkita zalni o‘z ichiga oladi. Biri masjid va darsxona sifatida xizmat qilgan. Ikkinchisi esa Ubaydullaxon, Abdulla Yamaniy va boshqa a’yonlarning maqbarasiga aylandi.
Shu tarzda olti asr davomida bu joy hozirgi ko‘rinishga keladi va Buxoroning eng yodda qolarli ansambllaridan biriga aylandi.