Chor Bakr majmuasining nomi “to‘rt og‘a-ini” deb tarjima qilinadi. U Jo‘ybor saidlari avlodidan bo‘lgan Shayxlarning qabristoni bo‘lgan va Buxoro yaqinidagi Sumitan qishlog‘ida joylashgan.
Qachonlardir bu yerda xonlik hokimiyatini qo‘llab-quvvatlagan hojagon darvishlari jamiyati bo‘lgan.
Tarix
Chor Bakr majmuasining qurilishi Somoniylar davrida boshlangan. Shu paytga kelib Jo‘ybor saidlari ko‘zga ko‘ringan Buxoro amaldorlari edilar. Chor Bakrning eng qadimiy qismi bu Abu Bakr Sa’dning maqbarasi edi. Aynan u mashhur sulolaning asoschisi va payg‘ambar avlodidan deb hisoblangan.
Biroq yodgorlik ansamblining asosiy inshootlari XVI asrda, Shayboniylar sulolasi boshqaruvi davrida paydo bo‘ldi.
Horijliklar uni ko‘proq “Marhumlar shahri” deb atashadi. Majmuada haqiqiy ko‘chalar yotqizilgan, hovlilar obodonlashtirilgan va xatto darvozalar o‘rnatilgan. Faqat turar joylar o‘rnida oilaviy dahmalar (dafn inshootlari) va qabr toshlari joylashgan.
Chor Bakr markazida kichikina maydonda uchta asosiy inshoot: masjid, xonaqo (darvishlar maskani) va madrasa qad ko‘targan.Masjid va xonaqoning old tomonini ark ko‘rinishidagi gubmazli peshtoqlar bezatib turadi. Yon tomoni esa peshayvon qavatlari ko‘rinishida qurilgan.
Chor Bakr me’moriy ansambli YUNESKO ro‘yhatiga kiritilgan.