Somoniylar maqbarasi

Somoniylar maqbarasi IX asrda sulola asoschisi Ismoil Somoniy buyrug‘iga asosan qurilgan. Bino qadimgi mozor o‘rnidagi bog‘ markazida joylashgan va mashhur sulolaning (875-999) dahmasidir.

Uning ichida uchta qabr bo‘lib, ulardan biri Ismoil Somoniyning o‘g‘li Ahmad ibn Ismoilga tegishli. Lekin Ismoilning o‘zi bu yerga dafn etilganligi haqida aniq ma’lumot mavjud emas.

Chingizxon shaharga yaqinlashayotganda Buxoro ahli Somoniylar maqbarasini butunlay yer bilan ko‘mib yuborishadi. Ular Chingizxonning qo‘shini o‘z yo‘lidagi barcha narsalarni vayron qilib ketishini bilardilar. Shuning uchun qo‘shin chiroyli inshoot o‘rnida kichkinagina tepalik ko‘rdi va yonidan o‘tib ketdilar. Xavf-xatar ortda qolganidan so‘ng Buxorolilklar maqbarani ehtiyotkorlik bilan qazib oldilar.

Me’morchilik

Yodgorlikning qurilishi arab istilosidan so‘ng Markaziy Osiyome’morchiligining tiklanish davriga to‘g‘ri keldi. Inshoot shakli bejizga tanlanmagan. Kub Yerning ramzidir, Gumbaz esa osmonning. Birgalikda esa dunyoning birligini anglatuvchi ramzdir. Shunday qilib maqbara dunyoning kichraytirilgan nusxasidir.

Qayd etib o‘tish kerakki pardozlash ishlarida odatiy bezak xom ashyolari ishlatilmagan. Sharq me’morchiligi uchun xos bo‘lgan rangli smalta (koshinkorlikda ishlatiladigan rangli, hira shisha) va koshinlar umuman ishlatilmagan.

Binoning usti to‘lig‘icha g‘ishtdan bezak berib terilgan. Uning yordamida qadimgi ustalar ajoyib nozik naqshlarni yaratdilar. U uzoqdan o‘zining aniqligi va nozikligi bilan lol qoldiradi.

Somoniylar maqbarasini XX asrda topildi va qayta tiklandi. Ilgari u ko‘p asrlik ma’daniy qatlamlar bilan butunlay yashiringan edi.

O‘rta asr davrida bo‘lgani kabi, Somoniylar maqbarasi O‘rta Osiyome’morchiligi durdonasi va jaxonme’morchiligining haqiqiy marvaridi hisoblanadi.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение