Bo‘yonqulixon Maqbarasi

Bo‘yonqulixon maqbarasi 1358 yilda bunyod etilgan. U XIVasr o‘rtalarida Chig‘atoy ulusini boshqargan va Markaziy Osiyoning mashhur so‘fiysi Sayfiddin Boharziyning shogirdi bo‘lgan.

Inshoot O‘rta Osiyome’morchiligining yorqin durdonasi sanaladi. Uni Samarqanddagi Shohi Zinda maqbarasidan oldin bunyod etishgan.

Tarix

1346 yilda hokimiyatga Amir Qozag‘on keladi va aslida o‘zi taxtga ko‘targan Bo‘yonqulixono‘rniga davlatni boshqaradi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra Mo‘g‘ulxoni Samarqandda xalq qo‘zg‘aloni paytida halok bo‘ladi. Boshqa taxminlarga ko‘ra Amir Qozog‘onning o‘g‘li Abdulloh Bo‘yonqulixonning rafiqasiga ko‘z olaytirgan va uni qabihlik bilan qatl ettirgan.

Uni Shayx Boharoziy yodgorligi yonida dafn etilgan. Buxorolik ustalar tezda salobatli va shuning bilan birga oddiy maqbara bunyod etdilar. Shundan buyon ularning maqbaralari bir biri bilan yonma-yon turadi.

Me’morchilik

Bo‘yonqulixon maqbarasi XIII asrdagi vayronagarchilikdan so‘ng O‘rta Osiyo madaniyati endi tiklanayotgan bir paytda qurilgan. U ikki xonali maqbara binolariga birinchi misollardan bo‘ladi. Maqbaraziyoratxona –xotirlash uchun xona va dahmadan iborat. Maxfiy yo‘lak ham bor. Ammo yo‘lak nima uchun kerakligi hali noma’lum.

Binoning asosiy tomoni peshtoq bilan bezatilgan. U deyarli oldinga turtib chiqib turmaydi, faqatgina boshqalaridan teparoqga ko‘tarilgan. Shift ikkita past gumbazlar bilan qoplangan. Maqbaraning tashqi devorlari va keng ziyoratxona o‘ymakor, sirlangan terrakota bilan qoplangan. Lekin binoning ko‘p yerlarida u to‘kilib ketgan. Qoplama gumbazda va markaziy devorlarda yaxshi saqlanib qolgan.

Ansamblning ranglari – moviy, oq, to‘q binafsha, va nisbatan kamroq ko‘k rang ishlatilgan – bu temuriylar davridan oldingi davrga xos. Bezaklar gul naqshlari va jimjimador chiziqlardan iborat.

Bunday bezaklar va rang parzdozlarini XIV asr oxiridagi Movarounnahr me’morchiligida tez-tez uchratish mumkin.

Выберите язык

O'zbek Русский English

Или скайчате приложение