Qo’sh madrasa ansambli XVI asrda Abdullaxon buyrug‘iga asosan qurilgan. U ikkita inshootdan tashkil topgan bo‘lib. Ular bir o‘q ustida joylashgan old tomoni bir biriga qaratilgan, yani qosh shaklini tashkil etadi.
Markaziy Osiyoda bunday me’morchilik usuli judayam keng tarqalgan edi. Uning sharafiga majmua “qo‘shaloq madrasa” nomini olgan.
Ansambl madrasalari
“Xonning onasi” ma’nosini beruvchi Modarixon madrasasi birinchi bo‘lib qurilgan. U o‘zbek xoni Abdullaxon II buyrug‘iga muvofiq bunyod etilgan. Kirish tepasidagi koshinlarga ko‘ra u 1566-1567 yillarda barpo etilgan.
Ma’naviy-ma’rifiy muassasa me’morchiligi o‘sha davr uchun odatiydir. Ikkita ayvonli madrasa. Darsxona kirish peshtoqining bir tomonida va boshqa tomonida uy masjidi. Markaziy hovlini talabalar va o‘qituvchilar yashovchi turar xonalar – hujralar o‘rab olgan.
Modarixon madrasasi noodatiy trapetsiya shakliga ega va o‘lchamlari eng kichigidir. Uning usti g‘ishtli ko‘prangli koshinlar bilan qoplangan.
Abdullaxon madrasasi deyarli yigirma yildan so‘ng bunyod etilgan. Uning baland peshtog‘i va keng old tomoni hukmdorning ahamiyati va ulug‘vorligini ko‘rsatadi. Madrasani bezashda sovuq tusdagi ranglar (ko‘k, yashil-havo rang va oq) ishlatilishga qaramay juda ham salobatli ko‘rinadi. Rang-barang bezak turlari esa yorqin sharqona qiyofa yaratadi.
Qo’sh madrasani tunda tomosha qilish maroqli. Oy shulasida rang-barang koshinlar sirli yaltirab turadi.
Shuni inobatga olgan holda Qo’sh madrasasini Buxoroning eng esda qolarli yodgoriklaridan biri deb aytish mumkin.